«darsliklar ijarasi» tegli maqolalar


«Bahoni biznes manfaati bo‘lgan shaxslar bermasligi kerak». Darsliklar mualliflari prezidentga murojaat qilishdi
8 sentabr 2022, 15:46

«Bahoni biznes manfaati bo‘lgan shaxslar bermasligi kerak». Darsliklar mualliflari prezidentga murojaat qilishdi

Yangi maktab darsliklari mualliflari darsliklarning mazmun-mohiyati va sifati haqida «asossiz xabarlar» tarqalayotgani sababli prezidentga murojaat qilishdi. Unda darsliklarni ekspertizadan o‘tkazilishiga qarshi emasliklari, biroq bahoni biznes manfaatlari bo‘lganlar bermasligi kerakligini ta’kidlashdi.

Darsliklar sifati ishchi guruh tomonidan o‘rganib chiqiladi — prezident Administratsiyasi
5 sentabr 2022, 21:58

Darsliklar sifati ishchi guruh tomonidan o‘rganib chiqiladi — prezident Administratsiyasi

Prezident Administratsiyasi rahbarining topshirig‘i bilan darsliklar sifatini tekshirish bo‘yicha ishchi guruhi tashkil etildi. Bundan tashqari, darsliklarni tayyorlash, nashr etish, tannarx va tarqatish tizimini tanqidiy ko‘rib chiqish rejalashtirilmoqda.

Prezident maktab darsliklarini bepul ijaraga berishni buyurdi
5 sentabr 2022, 18:26

Prezident maktab darsliklarini bepul ijaraga berishni buyurdi

Shavkat Mirziyoyev maktab darsliklarining ijara to‘lovlari narxi keskin oshirilishi ortidan keng jamoatchilik, jumladan, ota-onalar tomonidan bildirilgan e’tirozlar fonida darsliklarni bepul ijaraga berishni tezkor yo‘lga qo‘yish yuzasidan topshiriq berdi.

«Maktab darsliklari ijarasi uchun to‘lov Konstitutsiyaga zid» — deputat
4 sentabr 2022, 16:11

«Maktab darsliklari ijarasi uchun to‘lov Konstitutsiyaga zid» — deputat

Deputat Rasul Kusherbayev davlat umumiy o‘rta ta’lim davlat tomonidan kafolatlangani uchun maktab darsliklari ijarasi uchun to‘lovning mavjudligini Konstitutsiyaga zid, deb hisoblaydi. Parlament a’zosi tushuntirish berishi uchun Konstitutsiyaviy sudga murojaat qilishni rejalashtirmoqda.

XTV maktab darsliklari ijarasi narxlari oshganiga izoh berdi
3 sentabr 2022, 13:53

XTV maktab darsliklari ijarasi narxlari oshganiga izoh berdi

Joriy o‘quv yilida maktablarda o‘quv darsliklarining o‘rtacha ijara narxi ikki baravarga oshdi. XTV buni qog‘oz narxlari va transport xarajatlari oshgani bilan izohladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting